ETNO ART
Bosh sahifa
ETNO ART HAQIDA

Jonli merosni usta bilan birga taniting

ETNO ART hunarmandchilik asarini anonim mahsulot emas, uni yaratgan inson, mehnat va madaniy muhit bilan birga ko‘rsatadigan sinov marketpleysidir.

Kim sotadi?

Har bir asarning haqiqiy sotuvchisi va hisob-kitob modeli firma, to‘lov hamkori hamda hunarmand bilan yakuniy shartnoma tuzilgach mahsulot sahifasi va ofertada aniq ko‘rsatiladi.

ETNO ART nima qiladi?

Platforma asar va usta ma’lumotlarini tartiblaydi, e’lonlarni ko‘rib chiqadi, xaridor so‘rovini qabul qiladi va buyurtma bo‘yicha yozishmalarni bir joyda saqlaydi.

Pul va yetkazishni kim boshqaradi?

Sayt hozir sinov rejimida va to‘lov qabul qilmaydi. RAHMAT PAY hamda tashuvchi bilan shartlar tasdiqlangach, pulni qabul qiluvchi, xizmat haqi, qaytarish va yetkazish mas’uliyati shu sahifada ochiq yoziladi.

Hunarmand qanday tekshiriladi?

Hozir moderator e’lon ma’lumotlarini ko‘rib chiqadi. Shaxs, ustaxona va madaniy talqin tasdiqlanganidan keyingina ular tekshirilgan fakt sifatida belgilanadi.